10 jan 13:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Vudli-Tompson 2. Jang rasman o'tkaziladigan bo'ldi
Aralash qoidalar bo'yicha yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioni Tayron Vudli navbatdagi chempionlik himoya jangini 4 mart kuni o'tkazadigan bo'ldi.
Ushbu jang UFC 209 shousining markaziy bahsi sifatida etirof etilgan. Vudlining raqibi Stiven Tompson bo'ladi. Bu haqda UFC rasmiy sayti xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, bu ikki jangchi o'tgan yilning 12 noyabr kuni o'zaro to'qnash kelishgan va o'shanda hakamlar o'z qarorlari bilan durang natija qayd etilganini malum qilishgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar