28 sen 13:15
Yangiliklar
WADA taqiqlangan moddalar ro'yxatini yangiladi
O'zgarishlar WADA Ijroiya qo'mitasining navbatdagi yig'ilishida maqullandi va 2025 yilning 1 yanvar kunidan mazkur taqiq kuchga kirishini takidladi.
Xususan, "ksipamid" taqiqlangan diuretiklar va maskalanuvchi vositalar qatoriga kiritilgan bo'lsa, "midodrin" va "tezofenzin" stimulyator sifatida tasniflandi.
SHuningdek, "guanfacin" esa taqiqlangan moddalardan chiqarib tashlanadi. "Elacestrant" antiestrogenik modda sifatida gormonal va metabolik modulyatorlar ro'yxatidan o'rin oldi.
SHu jumladan, qon topshirish (aferez usuli) va uning tarkibiy qismlari, shu jumladan plazma, eritrocitlar, leykocitlar, trombocitlar va periferik qon ildiz hujayralari endi taqiqlanmaydi. Biroq, buning uchun ular maxsus akkreditaciyalangan donorlik markazida o'tkazilgan bo'lishi lozim.
Malumot o'rnida: taqiqlangan moddalarning yangilangan ro'yxatini www.wada-ama.org sayti orqali to'liq bilib olishingiz mumkin.
Fikrlar