16 dek 10:41
Yangiliklar
Boks/MMA

WBA chempioni 9 fevral kuni ringga chiqadi
Professional boksning birinchi engil vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni Jervonta Devis ilk chempionlik himoya jangini o'tkazadi.
24 yoshli chempion 9 fevral kuni AQSHning San-Diego shahrida uchta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Abner Maresga qarshi ringga ko'tariladi.
The Los Angeles Times nashri bergan xabarga ko'ra, ushbu chempionlik jangi Showtime telekanalida namoyish etiladi. Bu 33 yoshli Mares uchun to'rtinchi vazn toifasidagi chempionlik jangi bo'ladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar