11 iyu 14:16
Yangiliklar
Boks/MMA

WBA Denis Lebedevning Gulamiryanga qarshi jangini tasdiqladi
Professional boksning birinchi og'ir vazn toifasida WBA Super chempioni Denis Lebedev WBA Regular chempioni Arsen Gulamiryanga qarshi ringga ko'tariladi.
Bu qarorni WBA tashkiloti rasman tasdiqladi. SHu munosabat bilan 20 iyun kuni Panamada joylashgan WBA shtab-kvartirasida jang huquqiga ega qilish yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tadi.
Agar har ikki bokschining jamoalari o'zaro kelisha olmasa, u holda promouterlar o'rtasida ochiq savdo elon qilinadi. Mavjud qoidalarga ko'ra promouterlar taklif qiladigan minimal summa 200 000 AQSH dollari bo'lishi shart. Ushbu summa quyidagicha taqsimlanadi: Denis Lebedev — 75%, Arsen Gulamiryan — 25%.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar