01 jan 17:39
Yangiliklar
Boks/MMA

WBA ham Usikni “Yil bokschisi” deb elon qildi
Butunjahon boks associaciyasi (WBA) ukrainalik jahon chempionini 2018 yilning eng yaxshi bokschisi deb topdi.
Birinchi og'ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni bo'lib turgan Aleksandr Usik WBA talqini bo'yicha yakunlangan 2018 yilning “Eng yaxshi bokschisi” sifatida tan olindi.
Malumot uchun, Usik 2018 yilda latviyalik Mayris Briedis, rossiyalik Murat Gassiev hamda britaniyalik Toni Bellyuni mag'lubiyatga uchratib, barcha - WBC, WBO, WBA (Super) va IBF kamarlarini o'z qo'lida birlashtirgan edi. Avvalroq Usikni The Ring, ESPN va Sports Illustrated ham yil bokschisi deb topgandi.
Havola :
Fikrlar