01 sen 20:20
Yangiliklar
Boks/MMA
WBA reytingi. SHahram yaxshigina ko'tarildi, endi u SHohjahon bilan yonma-yon
Bugun Butunjahon bok associaciyasi bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.
Unga ko'ra, bir necha kun oldin kolumbiyalik raqibini nokautga uchratgan SHahram G'iyosov birinchi yarim o'rta vazn toifasida (63,5 kg) o'ninchi o'rindan beshinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Ushbu vaznda boshqa bir bokschimiz SHohjahon Ergashev o'tgan oydagi kabi to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
Ikkinchi engil vazn toifasida (55,34 kg) Murodjon Ahmadaliev reytingning ikkinchi pog'onasida qolgan.
Birinchi o'rta vazn (69,85 kg) toifasida Isroil Madrimov ikki pog'ona yuqorilagan va oltinchi o'ringa joylashgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar