01 avg 11:21
Yangiliklar
WBA reytingi yangilandi. O'zbek bokschilari qaysi o'rinlarni egallab turishibdi?
Unga ko'ra, reytingdan olti nafar o'zbekistonlik bokschi o'rin olgan. CHarm qo'lqop ustalarimiz avvalgi oydagi reytinglarini saqlab qolishgan.
Elon qilingan reytingda Murodjon Ahmadaliev ikkinchi engil vazn toifasida (-55,3 kg) chempion sifatida qayd etilgan. Ahmadaliev shuningdek IBF yo'nalishi chempioni ham hisoblanadi.
Birinchi yarim o'rta vazn toifasida (-63,5 kg) janglarini olib borayotgan ikki bokschimiz avvalgi oydagi kabi o'rinlarida qolishgan. SHahram G'iyosov oltin, SHohjahon Ergashev esa ettinchi pog'onani egallab turibdi.
Birinchi o'rta vazn (-69,85 kg) toifasida Isroil Madrimov esa ikkinchi o'rinda turibdi.
Ikkinchi o'rta vazn toifasidagi bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev (-76,2 kg) esa 15-o'ringa joylashgan. U ayni paytda WBA Continental Americas kamari sohibi bo'lib turibdi.
Yarimog'ir vazn toifasida (-79,3 kg) Rustam To'laganov ham TOP-15dagi o'rnini saqlab qolgan - 15-o'rin.
Fikrlar