07 iyu 11:04
Yangiliklar
Boks/MMA

WBA rossiyalik bokschini chempionlik kamaridan mahrum qildi
Butunjahon boks associaciyasi rossiyalik bokschi Aleksandr Besputinni chempionlik unvonidan mahrum qildi.
Besputin doping-testdan o'ta olmagan, uning qon tarkibida taqiqlangan modda aniqlangan. Buning natijasida yarim o'rta vazn toifasidagi WBA kamari vakant, yani egasiz bo'lib qoldi.
Endi ushbu chempionlik kamari uchun jang tashkil etiladi. Unda kubalik Yordanis Ugas hamda amerikalik Abel Ramos o'zaro to'qnash kelishadi. G'olib bokschi Rajab Butaevga qarshi ringga chiqadi. Aynan Butaev chempionlik jangida Besputinga yutqazgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar