09 okt 19:10
Yangiliklar
Boks/MMA

WBA vaqtinchalik chempioni Eddi Xirn bilan shartnoma imzoladi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida vaqtinchalik WBA chempioni Luis Ortis (25-0, 22KO) britaniyalik promouter Eddi Xirn bilan shartnoma imzoladi.
Bundan bir yarim yil avval 37 yoshli kubalik engilmas bokschi Golden Boy promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma bekor qilgandi. Buning uchun Ortis jamoasi 1 million dollar to'lagan edi.
Dushanba kuni Ortisning yangi promouter qo'l ostidagi ilk jangi qachon va kimga qarshi o'tkazilishi rasman elon qilinadi. Taxminlarga ko'ra, Ortis 12 noyabr kuni Monakoda franciyalik Karlos Takamga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar