20 iyu 18:42
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC Asia kamari sohibi yurtimizga qaytib keldi + FOTO
Xabaringiz bor, bir necha kun oldin professional bokschimiz Anvar Turopov Tailandda navbatdagi jangini o'tkazgandi.
Pattaya shahrida tashkil etilgan jang oqshomida hamyurtimiz filippinlik Roberto Gonsalesni nokautga uchratib, WBC Asia kamari sohibiga aylangandi.
Kecha bokschimiz yurtimizga qaytib keldi. U Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Kutib olish marosimida O'zbekiston professional boks federaciyasi mutasaddilari, sportchining yaqinlari va muxlislari ishtirok etishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar