26 dek 17:40
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC bokschilarni ringga chiqayotgan paytda tarozidan o'tkazmoqchi
Butunjahon boks uyushmasi (WBC) rahbarlari o'ziga xos bir yangilik kiritishmoqchi.
Tashkilot bokschilarni ringga chiqishidan oldin tarozidan o'tkazish taklifini berdi. Yani, tavsiya qilinayotgan yangilikka ko'ra bokschilar hozirgidek jangga bir kun qolganida emas, balki, ringga chiqish oldidan tarozidan o'tkaziladi.
WBC rahbarlarining fikricha, tarozidan o'tish marosimidan so'ng bokschilar ertangi janggacha bir sutka ichida ortiqcha vazn to'plab oladilar. Bu esa malum bir tomonga ustunlik taqdim etadi.
“Biz bokschilar orasida kutilmagan tekshiruv o'tkazamiz. Bu tekshiruv bokschi ringga chiqayotgan paytda ham bo'lishi mumkin”, - dedi WBC prezidenti Maurisio Suleyman.
Havola :
Fikrlar