07 fev 13:47
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC chempioni franciyalikka qarshi jangi o'tkazishi mumkin
Franciyalik bokschi Dudu Ngumbu yarim og'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Aleksandr Gvozdikka raqib bo'lishi mumkin.
Ngumbu professional boksdagi faoliyati davomida 46ta jang o'tkazgan. Sakkizta jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. So'nggi jangini o'tgan yilning may oyida Yoann Kongologa qarshi o'tkazib, g'alabaga erishgandi.
Ushbu chempionlik jangining Filadelfiya shahrida o'tkazilishi kutilmoqda. Aleksandr Gvozdik ushbu chempionlik kamarini kanadlik Adonis Stivensonni nokautga uchratgach qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar