08 avg 10:55
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC chempioni Terri Xarper ilk himoya jangini o'tkazdi
Matchroom Fight Camp seriyasiga kiruvi ikkinchi boks oqshomi bo'lib o'tdi.
Markaziy jangda ayollar o'rtasida birinchi engil vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Terri Xarper davogar Natashi Jonasga qarshi ringga ko'tarildi. Jang amaldagi chempion uchun juda ham qiyin va murakkab kechdi. Buni yakuniy natija ham isbotlab turibdi.
Hakamlar bahosiga ko'ra jang durang natija bilan yakunlandi — 96-94, 95-95, 94-96. Mavjud qoidalarga ko'ra durang natija qayd etilgan holatda kamar chempionda qoladi. Bu Terrining ilk himoya jangi edi. 23 yoshli Xarper shu yilning fevral oyida WBC kamarini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar