06 dek 08:48
Yangiliklar

WBC chempionining murabbiyi shon-shuhrat Zaliga qabul qilinadi
Bu mutaxassis ko'plar jahon chempionlariga murabbiylik qilgan. Hozirda WBC yo'nalishi chempioni ukrainalik Aleksandr Gvozdik (16-0, 12 KO) bilan birga ishlayapti. Tantanali marosim 2019 yilning iyun oyida bo'lib o'tadi.
Teddi Atlasdan tashqari sobiq bokschilar - Donald Karri, Julian Jekson, Baddi Mak-Gert, Toni Demarko, promouter Don Elbaum, hakam Gay Jyutra, jurnalist Li Samuels 2019 yilgi nominantlar sifatida shon-shuhrat Zaliga qabul qilinadi.
Malumot uchun, Teddi Atlas faoliyati davomida Maykl Murer, Barri Mak-Gigan, Aleksandr Povetkin, Timoti Bredli kabi mashhur bokschilarga murabbiylik qilgan. Uning shogirdi Aleksandr Gvozdik yakshanba tongida kanadalik Adonis Stivensonni nokautga uchratib, WBC chempioniga aylangandi.
Fikrlar