21 mar 13:11
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC Golovkin - Kanelo jangi bo'yicha rasmiy bayonot berdi
Butunjahon boks ittifoqi (WBC) bayonotiga ko'ra, Gennadiy Golovkin va Saul Alvares o'zaro jang oldidan yana bir martadan ringga ko'tarilishlari lozim.
"Kanelo - GGG III? Hozircha yo'q! Bazi manbalarda Saul Alvares uchinchi marotaba Golovkinga qarshi jang qilishga rozi bo'lgani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq, bu hali rasmiy xabar emas. "Kanelo" va Golovkin uchinchi jang oldidan yana bir marotabadan ringga ko'tarilishlari lozim", - deyiladi WBC rasmiy sayti bergan bayonotda.
Havola :
Manba : WBC
Fikrlar