21 iyu 08:23
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC kamari uchun Dillian Uayt va Oskar Rivas o'rtasidagi jang bo'lib o'tdi
Buyuk Britaniyaning London shahridagi O2 arenasida professional boks kechasi o'tkazildi.
Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida vaqtinchalik WBC chempionlik kamari uchun kechdi. Unda britaniyalik Dillian Uayt kolumbiyalik Oskar Rivasga qarshi ringga ko'tarildi.
Jangning to'qqizinchi raundida Rivas kuchli aperkot zarbasi hisobiga raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Lekin muvaffaqiyatini rivojlantira olmadi. Uayt esa so'nggi ikki raundni yorqin o'tkazdi.
O'n ikki raund to'liq davom etgan jang yakunida hakamlar mezbon bokschining g'alabasini taminlashdi - 116-111, 115-112, 115-112. Vaqtinchalik WBC chempionlik kamarini qo'lga kiritgan Dillian ushbu titulning to'laqonli egasi amerikalik Deontey Uaylderga qarshi ringga chiqish imkoniyatiga ham ega bo'ldi.
Havola :
Fikrlar