14 fev 12:49
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC Kanelo - Jeykobs jangiga alohida kamar tayyorladi
O'rta vazn toifasida WBC va WBA yo'nalishlari chempioni Saul “Kanelo” Alvares hamda IBF chempioni Deniel Jeykobs o'rtasidagi jang g'olibiga yangi kamar taqdim etiladi.
Bu malumotni WBC prezidenti Maurisio Suleyman tashkilot tashkil etilganiga 56 yil to'lishi munosabati bilan o'tkazilgan marosim chog'ida xabar berdi.
Ushbu birlashtiruvchi chempionlik jangi 4 may kuni bo'lib o'tadi. Maxsus chempionlik kamari WBC tashkiloti asoschisi, 1958-1964 yillarda Meksika Prezidenti bo'lgan Adolf Lopes Mateos sharafiga tasis etildi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar