03 iyu 19:28
Yangiliklar
WBC Menni Pakyao uchun ham chempionlik jangini bermoqchi
Taxminlarga ko'ra, 45 yoshli filippinlik charm-qo'lqop ustasining raqibi amerikalik Mario Barrios bo'ladi.
"Menni Pakyao abadiydir. U afsona. Bizda sobiq chempionlar barcha tibbiy ko'riklardan muvaffaqiyatli o'tishlari sharti bilan qaytishlari uchun ajoyib sharoitlar mavjud. Menga bu fikr juda yoqadi. Unda WBC chempionligi uchun jang qilish imkoniyati bor. Menimcha, Pakyao istalgan raqibni mag'lub eta oladi. Hech bo'lmaganda u bilan raqobatlasha oladi", deya Suleymanning so'zlarini keltiradi Sky Sports nashri.
Malumot o'rnida, Pakyao professional ringda 62 ta g'alaba (39 ta nokaut), 8 ta mag'lubiyat (3 ta nokaut) va ikkita durang qayd etgan. 2021 yilda u Yordenis Ugasga yutqazib qo'ygan, shundan so'ng u professional jang o'tkazmagan. 29 yoshli Barrios esa karerasi davomida 29 ta g'alaba (18 ta nokaut) va ikkita mag'lubiyatni (1 tasi nokaut bilan) o'z hisobiga yozdirgan.
Fikrlar