12 iyu 11:02
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC Olimpiada sovrindori hamda jahon chempionini reytingdan chiqardi
Butunjahon boks uyushmasi (WBC) to'rt nafar bokschini tashkilot reytingidan chiqarib tashladi.
Qora ro'yxatga tushganlar orasida ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Xose Pedrasa hamda Rio Olimpiadasining kumush medali sovrindori SHakur Stivenson ham bor.
Bu bokschilar WBC tomonidan belgilangan 90 kun muddat ichida “Toza boks” (Clean Boxing Program) doping-nazorat dasturi bo'yicha ro'yxatdan o'tishmagan. Pedrasa hamda Stivensondan tashqari filippinlik Jobert Alvares va yaponiyalik Norixito Tanaka ham WBC reytingidan olib tashlandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar