11 okt 16:44
Yangiliklar
Boks/MMA
WBC prezidenti Devid Benavidesning WBC kamaridan voz kechganiga munosabat bildirdi
Bu haqida WBC prezidenti Maurisio Suleyman o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.
"Jahon boks kengashi birinchi og'ir vaznda WBC jahon chempioni unvoni uchun vaqtinchalik chempion Mixal Ceslak va davogar Devid Benavides o'rtasidagi jangni rasman tasdiqlaydi.
Devid WBC’ni faoliyatini birinchi og'ir vaznda davom ettirishi haqida xabardor qildi. Biroq u yarim og'ir vazndagi WBC chempionlik unvoni uchun kurashish huquqini o'zida saqlab qoladi", — deya Suleymanning so'zlarini keltiradi The Ring jurnali.
Havola :
Manba : WBC
Fikrlar