24 dek 12:05
Yangiliklar
Boks/MMA
WBC prezidenti: “Ortis Uaylderning rejalarini o'zgartirishi mumkin”
Butunjahon boks uyushmasi (WBC) prezidenti Maurisio Suleymanning aytishicha, kubalik Luis Ortis ushbu yo'nalish chempioni Deontey Uaylderning kamarini tortib olishga qodir ekan.
“Ortis - kuchli bokschi. U buni bir necha marotaba isbotlagan. Luis doping haqidagi ayblov noto'g'ri ekanini isbotladi va endi Uaylder bilan jang o'tkazadi.
Albatta, hozirgi real holatda Uaylderning Joshuaga qarshi o'tkazadigan jangi haqiqatga yaqinroq. Lekin Ortis Uaylderning rejalari o'zgartirib yuborishi mumkin. U bunga qodir”, - dedi Suleyman.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar