17 dek 08:26
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC prezidenti: Stivensonning komasi? Boks xavfli sport turlari orasida 14-o'rinda!
Butunjahon boks uyushmasi (WBC) prezidenti Maurisio Suleyman tashkilot boksning sportchilar salomatligi uchun xavfsiz bo'lishi uchun harakat qilayotganini aytdi.
WBC rahbari kanadalik sobiq jahon chempioni Adonis Stivensonning ukrainalik Aleksandr Gvozdikdan qabul qilib olingan nokautdan so'ng koma holatiga tushib qolganiga ham izoh berdi.
“Bu baxtsiz xodisa. SHunday holat Gvozdik bilan ham bo'lishi mumkin edi. Nokautlar boksning ajralmas bo'lagi hisoblanadi. SHunga qaramay, biz boksning inson salomatligi uchun xavf keltirish foizini kamaytirishga harakat qilyapmiz.
Lekin boshqa tomondan boksdan ham xavfli bo'lgan sport turlari bor. Buni ham unutmaslik kerak. Boks bu ro'yxatda 14-o'rinda ekan. O'n uchta sport turlari boksdan ham xavfli hisoblanadi”, - dedi Maurisio Suleyman.
Havola :
Fikrlar