01 mar 19:06
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC prezidenti: Uaylderga raqib topishda yordam beramiz
Butunjahon boks uyushmasi (WBC) prezidenti Maurisio Suleyman ushbu yo'nalish prezidenti Deontey Uaylderga raqib topilmayotgani haqida fikr bildirdi.
"Tez orada biz bu masalani ijobiy hal etishga harakat qilamiz. Ayni paytda Dominik Brizil Uaylderning chempionlik kamariga rasmiy davogar bo'lib turibdi. Lekin biz uning Dillian Uayt bilan jangini belgilab qo'ydik. Ular vaqtinchalik chempionlik kamari uchun o'zaro jangda ringga chiqishadi. Har qanday holatda ham Deonteyga raqib topishda yordam beramiz",- dedi Suleyman.
Bir muddat avval britaniyalik Tayson Fyuri Uaylder bilan jang qilishdan bosh tortgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar