16 noy 10:55
Yangiliklar
Boks/MMA
WBC Silver chempionlik kamari sohibi 18 noyabr kuni Andijonda jang o'tkazadi
Professional boksda mag'lubiyat nimaligini bilmay odimlayotgan WBC Silver chempionlik kamari sohibi Qudratillo Abduqahhorov 18 noyabr kuni Andijon shahrida o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi.
Aslida hamyurtimiz shu oyda AQSH zaminidagi ilk jangini o'tkazishi kerak edi. Afsuski, viza muddatini o'z vaqtida uzaytira olmagan bokschimiz O'zbekistonga qaytib kelgandi. Qudratillo ertadan keyin Andijonda tashkil etiladigan professional boks kechasida ringga chiqadi.
Abduqahhorovning raqibi yana bir o'zbekistonlik bokschi
SHerzod Alimjonov bo'ladi. Ana shu jangdan so'ng Qudratillo AQSHga jo'nab ketadi va
yanvar oyida jahon chempionlik kamari uchun ringga chiqadi. Hamyurtimiz ayni paytda
eng nufuzli hisoblangan WBC yo'nalishi reytingida 5-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar