22 avg 14:41
Yangiliklar

WBC Xayme Mungia va Sergiy Derevyanchenko o'rtasida chempionlik jangiga buyruq berdi
Xayme Mungia yil oxirida Gabriel Rosado bilan to'qnashuv uchun muzokaralar olib borayotgani to'grisidagi xabarlarga qaramay, bu rejalar o'zgarishi mumkin. CHunki WBC Mungia (37-0, 30 KO) ga rasmiy tarzda Sergey Deveryanchenko (13-3, 10 KO) bilan jang o'tkazishni buyurdi. WBC prezidenti Maurisio Sulaymanning ESPN'ga aytishicha, agar tomonlar 17 sentyabrgacha kelisha olmasalar, jang uchun pul taklif qilinadi. To'qnashuv g'olibi Jermell CHarlo uchun majburiy raqibga aylanadi.
Mungia WBC buyrug'ini bajarishi aniq emas. «Golden Boy» prezidenti Erik Gomesga ko'ra, Xayme WBC buyurtmasi haqida endigina bilgan va kelasi hafta u bilan uchrashib keyingi rejalarni mukoma qiladi.
Malumot uchun, Mungia oxirgi marta Kamil SHermeta, Deveryanchenko esa 2020 yil kuzda Jermell CHarlo bilan jang qilgan edi.
Fikrlar