03 jan 16:52
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC “Yil kashfiyoti” bo'lishga davogarlarni oshkor qildi
Butunjahon boks uyushmasi (WBC) oltita nominaciya bo'yicha 2018 yilning eng yaxshisi bo'lish uchun davogarlarni elon qildi.
Unga ko'ra, yarim og'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni ukrainalik Aleksandr Gvozdik, shuningdek, Kristofer Rosales, Frenklin Manzanilya, Dillian Uayt, Xose Ramires hamda Rejis Progreys “Yil kashfiyoti” sifatida etirof etilishlari mumkin.
Davogarlar orasida Aleksandr Gvozdikning imkoniyati yuqori baholanmoqda. U 2018 yilda ikkita jang o'tkazdi. Gvozdik avvaliga Mehdi Amarni mag'lub etib, vaqtinchalik WBC chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. Keyin esa kanadalik Adonis Stivensonni nokautga uchratib, to'laqonli chempionga aylandi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar