17 noy 14:02
Yangiliklar
Boks/MMA

WBO chempioni davogarni nokautga uchratdi
Professional boksning birinchi yarim o'rta vazn toifasida WBO chempioni Moris Xuker o'z kamarini himoya qildi.
U bugun AQSHning Oklaxoma shahrida o'tgan boks kechasida Aleks Sosedoga qarshi ringga ko'tarildi. Ikkinchi raundda Xuker kuchli nokdaun holatiga tushib qoldi. Lekin vaziyatdan chiqib keta oldi.
Keyinchalik chempion tashabbusni o'z tomoniga og'dirib oldi. Ettinchi raundda ketma-ket berilgan zalvorli zarbalardan so'ng referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Xuker texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar