10 mar 11:51
Yangiliklar
Boks/MMA

WBO chempioni kamarini o'zida saqlab qoldi
Professional boksning birinchi yarim o'rta vazn toifasida WBO chempioni Moris Xuker o'z titulini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Xuker AQSHda o'tgan boks oqshomida Mikkel Leperni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Hakamlar jangda katta ustunlikka erishgan amaldagi chempionning 120-107, 119-108, 118-109 hisobida g'alaba qozonganini etirof etishdi.
“Men o'z vaznimdagi kuchlilar bilan jang qilishni istayman. Istalgan chempionga qarshi ringga chiqishga tayyorman. Birinchi navbatda WBC chempioni Xose Ramires bilan jang qilgan bo'lardim. Men yarim o'rta vazn toifasining eng kuchli bokschisi bo'lishni xohlayman”, - dedi Xuker.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar