16 dek 09:57
Yangiliklar
Boks/MMA

WBO chempioni kamarini rossiyalik bokschidan himoya qiladi
Professinal boksning o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Demetrius Andreyd o'zining ilk chempionlik himoya jangini o'tkazadi.
Ushbu chempionlik jangi 18 yanvar kuni AQSHning Nyu-York shahrida bo'lib o'tadi. Andreyd rossiyalik Artur Akavovga qarshi ringga ko'tariladi. Akavov reytingda sakkizinchi o'rinni egallab turibdi.
Avvalroq, Andreydning raqibi polshalik Macey Suleckog bo'lishi aytilgandi. Bu rossiyalik bokschi uchun davogar sifatida ikkinchi chempionlik jangi bo'ladi. U 2016 yilda WBO kamari uchun kechgan jangda Billi Jo Sondersga yutqazib qo'ygandi.
Andreyd esa shu yilning oktyabr oyida o'sha paytda vakant, yani egasiz bo'lib qolgan WBO kamarini qo'lga kiritgandi. CHempionlik jangida u Uolter Kautondokvani mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar