25 jan 09:20
Yangiliklar
Boks/MMA

WBO chempioni yana raqibsiz qoldi
Professional boksning ikkinchi yarim engil vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Vasiliy Lomachenko (7-1, 5 KO) yana raqibsiz qoldi.
Ukrainalik bokschi bir oy oldin o'z promouteri Bob Arum bilan birga meksikalik Orlando Salido bilan revansh jangi bo'yicha kelishuvga erishgandi. Lekin yakunda Salido bu jangdan voz kechdi.
Keyin esa kubalik bokschi Yuriokis Gamboa bilan muzokara o'tkazildi va bu jangni o'tkazish bo'yicha ham og'zaki kelishuvga kelindi. Ammo, Gamboa Golden Boy promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.
SHuning barobarida Gamboa 11 mart kuni nikaragualik Rene Alvarado bilan jang o'tkazish yuzasidan shartnomaga imzo chekdi. Endi Lomachenkoning bor umidi WBA chempioni Xesreel Korralesdan.
Havola :
Fikrlar