03 apr 08:40
Yangiliklar
WBO Kovalyov - Entoni Yard jangiga egalik huquqi bo'yicha aukcion o'tkazadi
Ushbu aukcionda g'olib bo'lgan promouter yarim og'ir vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Sergey Kovalyov hamda rasmiy davogar Entoni Yard o'rtasidagi jangni o'tkazish, tashkil qilish huquqini qo'lga kiritadi.
WBO murojaatida aytilishicha, aukcion 8 aprel kuni tashkilotning Puerto-Rikoda joylashgan shtab-kvartirasida o'tkaziladi. Promouterlar tomonidan taklif etiladigan eng kam summa 300 000 AQSH dollari miqdorida bo'lishi shart.
WBO qoidalariga ko'ra, jang Rossiya yoki AQSH (Sergey Kovalyovning vatani yoki hozir yashayotgan shahri) hududida o'tkazilsa, umumiy mukofot puli Kovalyov foydasiga - 75/25 foiz ko'rinishida bo'ladi. Agar aukcionda g'olib chiqqan promouter jangni boshqa istalgan mamlakatda o'tkazish istagini bildirsa, u hold bokschilarning ulushi 80/20 ko'rinishida bo'ladi.
Fikrlar