14 mar 14:18
Yangiliklar
Boks/MMA

WBO Sergey Kovalyov - Entoni Yard jangini tasdiqladi
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) yarim og'ir vazn toifasida ushbu yo'nalish chempioni Sergey Kovalyovning navbatdagi jangini tasdiqladi.
Unga ko'ra, rossiyalik jahon chempioni o'z unvonini britaniyalik rasmiy davogar Entoni Yarddan himoya qilishi kerak bo'ladi. Tomonlar 30 kun ichida jangni o'tkazish bo'yicha o'zaro kelishib olishlari shart.
Aks holda promouterlar o'rtasida jangga egalik qilish huquqi bo'yicha ochik savdo amalga oshiriladi. Promouterlar uchun eng kam taklif etiladigan umumiy gonorar jamg'armasi 300 000 dollar bo'lishi malumot sifatida berildi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar