28 sen 07:50
Yangiliklar
Boks/MMA

WBO Tayson Fyuriga 10 kun muxlat berdi
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) superog'ir vazn toifasida uchta yo'nalish chempioni bo'lib turgan britaniyalik Tayson Fyuriga 10 kun muxlat berdi.
Agar mana shu muddat mobaynida Fyuri tibbiy ko'rik xulosalarini taqdim etmasa, tashkilot bokschini WBO chempionlik kamaridan mahrum qiladi.
Britaniyalik bokschi o'ziga tegishli bo'lgan IBO, WBA hamda WBO chempionlik kamarlarini 29 oktyabr kuni “Manchester Arena”da o'tkaziladigan revansh jangida ukrainalik sobiq chempion Vladimir Klichkodan himoya qilishi kerak edi. Lekin Fyuri ikkinchi bor sog'lig'ini ro'kach qilib, jangni qoldirdi.
Havola :
Fikrlar