17 dek 09:44
Yangiliklar
Boks/MMA

WBO yangi chempionlik kamarini tasis etdi, uning ilk sohibi ham bor!
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) WBO Global deb nomlangan yangi chempionlik kamarini joriy qildi.
Ushbu yangi chempionlik kamarining ilk sohibi ham aniqlandi. Yarim o'rta vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan germaniyalik Sebastyan Formella WBO Global chempioniga aylandi. Formella 20ta jangning barchasida g'alaba qozongan. O'nta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.
Formella Gamburgda o'tgan boks oqshomida namibiyalik Betuel Ushonni mag'lub etib, chempionlik kamariga ega chiqdi. Hozircha WBO Global chempionlik kamarining nufuzi haqida xabar berilmadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar