27 fev 15:23
Yangiliklar
Boks/MMA

WBSS turnirining yarim final janglari Rigada o'tkaziladi
Butunjahon boks superseriyasining birinchi og'ir vazn toifasidagi yarim final janglarining Latviya poytaxti Riga shahrida o'tkazilishi malum qilindi.
Unda sobiq WBA chempioni Yuner Dortikos mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan amerikalik Endryu Tabitiga qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu jang 15 iyun kuni Riga shahrida bo'lib o'tadi.
Ikkinchi yarim final juftligida sobiq jahon chempionlari latviyalik Mayris Briedis hamda polshalik Kshishtof Glovacki o'zaro to'qnash keladi.
Havola :
Fikrlar