22 jan 11:45
Yangiliklar
World Aquatics Ijroiya byurosi yig'ilishiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
O'zbekiston kasaba uyushmalari federaciyasi binosida tashkil etilgan tadbirda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda federaciya rahbariyati, shuningdek, terma jamoa azolari ishtirok etdi.
Yig'ilishda 2025 yilda suv sporti turlari bo'yicha erishilgan natijalar tahlil qilinib, joriy yil uchun rejalar batafsil ko'rib chiqildi. Konferenciya davomida SHuningdek, onlayn formatda ishtirok etgan hududiy vakillar o'z mintaqalaridagi holat, mavjud infratuzilma, sportchi va murabbiylar tarkibi yuzasidan atroflicha axborot taqdim etdilar.
SHuningdek, kun tartibidagi asosiy masala 24 yanvar kuni o'tkaziladigan Butunjahon suzish federaciyasi (World Aquatics) Ijroiya byurosi yig'ilishini yuqori darajada o'tkazishga puxta tayyorgarlik ko'rish bo'ldi. Ushbu yo'nalishda barcha tashkiliy va texnik masalalar atroflicha muhokama qilinib, masul shaxslarga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.







Fikrlar