06 noy 13:20
Yangiliklar
Tennis
WTA Finals. Amanda Anisimova Svyontekni musobaqadan chiqarib yubordi
WTA reytingida to'rtinchi o'rinni egallab turgan amerikalik Amanda Anisimova Ar-Riyodda davom etayotgan Yakuniy WTA turnirining 1/2 finaliga yo'l oldi.
Asli kelib chiqishi rossiyalik bo'lgan Amanda guruh bosqichining so'nggi uchrashuvida dunyoning ikkinchi raketkasi polshalik Iga Svyontekni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/7(3), 6/4, 6/2. Amanda tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobida oldinga chiqib oldi - 2:1.
Ikki soatu 34 daqiqa davom etgan bahsda Svyontek 4, Anisimova 3 ta eys zarbani amalga oshirgan. Qo'shxatolar Igada ko'proq bo'ldi - 4 ga 2. Breyklar bo'yicha Anisimova mutlaq ustunlik qildi - 3 ga 0. Serena Uilyams nomli guruhda 3 ta uchrashuvdan 2 tasida g'alaba qozongan Amanda ikkinchi o'rin bilan 1/2 finalga yo'l oldi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar