08 noy 12:18
Yangiliklar
Tennis
WTA Finals. Arina Sobolenko ikkinchi finalchi!
Dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko Ar-Riyodda o'tkazilayotgan Yakuniy WTA turnirining finaliga yo'l oldi.
Belaruslik tennis malikasi 1/2 finalda WTA reytingida to'rtinchi o'rinda borayotgan amerikalik Amanda Anisimovani uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 3/6, 6/3. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hamon Amanda oldinda bormoqda - 6:5.
Ikki soatu 23 daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 12, Anisimova 7 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar 5 ga 4 ko'rinishida Amanda, breyklar jsa 5 ga 3 nisbatida Arina foydasiga hal bo'ldi. Sobolenko ikkinchi bor WTA Finals hal qiluvchi uchrashuvida o'ynaydi. Ilk bor 2022 yilda Karolin Garsiyaga yutqazgan. Arina Sobolenko finalda qozog'istonlik Elena Ribakinaga qarshi kortga chiqadi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar