02 noy 07:06
Yangiliklar
Tennis
WTA Finals. Qozog'istonlik tennis malikasi g'alaba bilan boshladi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida ayol tennischilar o'rtasida yilning Yakuniy WTA turniri start oldi.
Dunyo reytingida kuchli sakkiztalikda borayotgan tennischilar o'rtasida kechayotgan musobaqaning guruh bosqich ilk turida qozog'istonlik Elena Ribakina engil g'alabaga erishdi. Dunyoning oltinchi raketkasi bo'lib turgan Elena WTA reytingida o'zidan ikki pog'ona yuqorida borayotgan amerikalik Amanda Anisimovadan ustun keldi - 6/3, 6/1.
Bahs 58 daqiqagina davom etgan. Bu tennis malikalarining o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Ribakina 7, Anisimova 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Amandada ko'proq bo'ldi - 3 ga 1. Breyklar bo'yicha esa Elena mutlaq ustunlikka erishdi - 4 ga 0. Bu g'alabadan keyin Ribakina SHteffi Graf guruhida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar