20 may 15:56
Yangiliklar

WTA reytingi. Bir necha yildan so'ng O'zbekistoning birinchi raketkasi o'zgardi, reytingga yana bir o'zbek qizi kiritildi
Yangilangan reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko katta farq bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Polshalik Iga Svyontek ikkinchi o'rinda beshinchi pog'onaga tushib ketdi. Amerikalik Koko Goff dunyoning ikkinchi raketkasiga aylandi. Jessika Pegula ham bir pog'onaga pastladi. Rim WTA 1000 turniri chempioni Jasmine Paolini Top-3`ga kirib oldi.
Etiborga molik jihati shundaki, bu hafta O'zbekistonning birinchi raketkasi o'zgardi. Uzoq muddat mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi bo'lib kelgan Nigina Abduraimova o'z o'rnini Vlada Yakshibarovaga bo'shatib berdi. Yana yangilangan reytingda tennischilarimiz besh nafarga etdi. Darya SHubina WTA reytingiga kiritildi. Sabrina Olimjonova o'tgan hafta bilan taqqoslaganda 29, Milana Maslenkova esa 6 pog'ona quyiga sho'ng'idi.
WTA reytingi. 19 may kungi holat:
1 (1). Arina Sobolenko (Belarus) - 10683 ochko
2 (3). Koko Goff (AQSH) - 6863
3 (4). Jessika Pegula (AQSH) - 6243
4 (5). Jasmine Paolini (Italiya) - 5865.
5 (2). Iga Svyontek (Polsha) - 5838
6 (7). Mirra Andreeva (Rossiya) - 4986
7 (6). Medison Kiz (AQSH) - 4674
8 (8). CHjen Cinven (Xitoy) - 4368
9 (9). Emma Navarro (AQSH) - 3831
10 (10). Paula Badosa (Ispaniya) - 3641
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
918 (907). Vlada Yakshibarova – 24 (-1)
935 (890). Nigina Abduraimova – 22 (-4)
1348 (1356). Milana Maslenkova – 5
1402 (1373). Sabrina Olimjonova – 4
1397. Darya SHubina – 3
Fikrlar