05 noy 08:04
Yangiliklar
WTA reytingi. Bo'lar ekanku! Tennischi qizlarimizning bari ko'tarildi
Yangilangan reytingda belaruslik Arina Sobolenko peshqadamlik qilyapti. Polshalik Iga Svyontek ikkinchi, amerikalik Kori Goff uchinchi o'rinni band etgan. Italiyalik Jasmine Paolini 6-pog'onadan 4-o'ringa ko'tarilib oldi.
Etiborlisi, yangilangan reytingda to'rt nafar tennischimizning bari ko'tarilib olishga muvaffaq bo'ldi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova 5, Vlada Yakshibarova 30, Milana Maslenkova 6, Sabrina Olimjonova esa 3 pog'onaga o'z o'rnini yaxshilab oldi. Bunday holat anchadan beri kuzatilmayotgan edi.
WTA reytingi. 4 noyabr kungi holat:
1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 9016
2. (2) Iga Svyontek (Polsha) - 7970
3. (3) Koko Goff (AQSH) - 5230
4. (6) Jasmine Paolini (Italiya) - 5144
5. (5) Elena Rybakina (Qozog'iston) - 4971
6. (4) Jessika Pegula (AQSH) - 4705
7. (7) CHjen Cinven (Xitoy) - 4540
8. (8) Emma Navarro (AQSH) - 3664
9. (9) Darya Kasatkina (Rossiya) - 3368
10. (10) Daniel Kollinz (AQSH) - 3176
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
333 (338). Nigina Abduraimova – 187
788 (818). Vlada Yakshibarova – 35
1376 (1382). Milana Maslenkova – 4
1401 (1404). Sabrina Olimjonova – 3
Fikrlar