05 may 19:11
Yangiliklar

WTA reytingi. Nigina yana sezilarli tarzda pastladi, kelasi hafta birinchi raketkamiz o'zgarsa kerak
Yangilangan reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko deyarli ikki barobar farq bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Polshalik Iga Svyontek ikkinchi pog'onadan joy olgan. Amerikalik tennis malikalari Jessika Pegula va Koko Goff o'zaro o'rin almashib olishdi. Goff yana dunyoning uchinchi raketkasi bo'lib oldi.
Yangilangan reytingda to'rt tennischimizdan uch nafari pastladi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova yana 65 pog'onaga pastlab, 890-o'ringa tushib ketdi. U yana 6 ochko yo'qotdi. Tennischilarimizdan birgina Vlada Yakshibarova bir o'ringa yuqoriladi. Katta ehtimol bilan u kelasi hafta O'zbekistonning birinchi raketkasiga aylanib oladi. Sabrina Olimjonova o'tgan hafta bilan taqqoslaganda 29, Milana Maslenkova esa 6 pog'ona quyiga sho'ng'idi.
WTA reytingi. 5 may kungi holat:
1 (1). Arina Sobolenko (Belarus) - 11 118 ochko.
2 (2). Iga Svyontek (Polsha) - 6773.
3 (4). Koko Goff (AQSH) - 6603.
4 (3). Jessika Pegula (AQSH) - 6243.
5 (6). Jasmine Paolini (Italiya) - 4875.
6 (5). Medison Kiz (AQSH) - 4824.
7 (7). Mirra Andreeva (Rossiya) - 4781.
8 (8). CHjen Cinven (Xitoy) - 4193.
9 (10). Emma Navarro (AQSH) - 3797.
10 (9). Paula Badosa (Ispaniya) - 3761.
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
890 (825). Nigina Abduraimova – 26 (-6)
907 (908). Vlada Yakshibarova – 25
1356 (1350). Milana Maslenkova – 5
1402 (1373). Sabrina Olimjonova – 3 (-1)
Fikrlar