16 jan 15:55
Yangiliklar
WTA reytingi. Ostapenko Top-10`da, Nigina va Milana ko'tarildi
Dunyo tennis malikalari Top-10`taligida bitta o'zgarish kuzatildi. Latviyalik Elena Ostapenko ikki pog'onaga yuqorilab, 10-o'ringa ko'tarilib oldi. Qolgan tennischlar o'tgan haftadagi o'rinlarini saqlab qolishdi. Dunyo tennis malikalari reytingini hamon Iga Svyontek boshqarmoqda. Belaruslik Arina Soblenko ikkinchi o'rinni band etgan. Kuchli uchlikka qozog'istonlik Elena Ribakina yakun yasagan.
Yangilangan reytingda uch nafar tennischi qizlarimizning ikkisi yuqorilashga erishdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova hamda uchinchi raketkamiz Milana Maslenkova 2 pog'onaga ko'tarilgan bo'lsa, Sevil Yuldasheva o'tgan haftadagi o'rnini saqlab qoldi.
WTA reytingi. 2024 yil 15 yanvar kungi holat:
1. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 9880 ochko
2. (2) Arina Sobolenko (Belarus) - 8905
3. (3) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 6918
4. (4) Kori Goff (AQSH) - 6660
5. (5) Jessika Pegula (AQSH) - 6065
6. (6) Ons Jaber (Tunis) - 4076
7. (7) Marketa Vondroushova (CHexiya) - 3966
8. (8) Mariya Sakkari (Greciya) - 3770
9. (9) Karolina Muxova (CHexiya) - 3590
10. (12) Elena Ostapenko (Latviya) - 3328
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
210 (212). Nigina Abduraimova – 364
1082 (1082). Sevil Yo'ldosheva – 14
1365 (1367). Milana Maslenkova – 3
Fikrlar