26 noy 12:00
Yangiliklar
WTA reytingi. Qoyil, to'rt tennis malikamizning bari yuqoriladi
Yangilangan reytingda belaruslik Arina Sobolenko hamon peshqadamlik qilyapti. U 2024 yilgi tennis mavsumini karvonboshi sifatida yakunlaydi. Polshalik Iga Svyontek ikkinchi, Yakuniy WTA turniri g'olibasi amerikalik Kori Goff uchinchi o'rinni saqlab qoldi. Umuman olganda, Top-10 reytingida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi.
Etiborlisi, bu hafta uchun mo'ljallangan reytingda to'rt tennischimizning bari o'z o'rinlarini yaxshilab olishga muvaffaq bo'lishdi. Birinchi raqamli tennis malikamiz Nigina Abduraimova 3, ikkinchi raketkamiz Vlada Yakshibarova 8 pog'onaga yuqoriladi. Milana Maslenkova va Sabrina Olimjonova bir o'ringa ko'tarilishdi.
WTA reytingi. 25 noyabr kungi holat:
1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 9416 ochko
2. (2) Iga Svyontek (Polsha) - 8370
3. (3) Koko Goff (AQSH) - 6530
4. (4) Jasmine Paolini (Italiya) - 5344
5. (5) CHjen Cinven (Xitoy) - 5340
6. (6) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 5171
7. (7) Jessika Pegula (AQSH) - 4705
8. (8) Emma Navarro (AQSH) - 3589
9. (9) Darya Kasatkina (Rossiya) - 3368
10. (10) Barbora Kreychikova (CHexiya) - 3214...
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
340 (343). Nigina Abduraimova – 187
781 (789). Vlada Yakshibarova – 36
1371 (1372). Milana Maslenkova – 4
1371 (1372). Sabrina Olimjonova – 4
Fikrlar