24 fev 15:53
Yangiliklar

WTA reytingi. Tennis malikalarimiz boshqalar tushgani hisobiga ko'tarilishdi
Yangilangan reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko peshqadamlik qilyapti. Polshalik Iga Svyontek ikkinchi, amerikalik Kori Goff uchinchi o'rinni band etgan. Rossiyalik 17 yoshli Mirra Andreeva Dubaydagi chempionlik evaziga 14-pog'onadan 9-o'ringa ko'tarilib oldi.
Yangilangan reytingda to'rt tennischimizdan uch nafari yuqoriladi, yana bir o'tgan haftadagi o'rnini saqlab qoldi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova hech qanday turnirda ishtirok etmagan bo'lsa-da, boshqalarning reytingda pasayishi hisobiga 7 pog'onaga yuqoriladi. Vlada Yakshibarova o'tgan haftadagi o'rnini saqlab qoldi. Milana Maslenkova va Sabrina Olimjonova bir xilda 4 pog'onaga yuqorilashdi.
WTA reytingi. 24 fevral kungi holat:
1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 9076 ochko
2. (2) Iga Svyontek (Polsha) - 7985
3. (3) Koko Goff (AQSH) - 6333
4. (5) Jessika Pegula (AQSH) - 5196
5. (6) Medison Kiz (AQSH) - 4679
6. (4) Jasmine Paolini (Italiya) - 4518
7. (7) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 4328
8. (8) CHjen Cinven (Xitoy) - 3780
9. (14) Mirra Andreeva (Rossiya) - 3720
10. (9) Emma Navarro (AQSH) - 3704
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
530 (537). Nigina Abduraimova – 87
922 (922). Vlada Yakshibarova – 24
1368 (1372). Milana Maslenkova – 4
1368 (1372). Sabrina Olimjonova – 4
Fikrlar