04 may 18:13
Yangiliklar
WTA reytingi. Tennis malikalarimiz mos ravishda 14, 18 va 22 pog'onaga yuqorilashdi
Bugun yangilangan reytingda etakchi tennischilarimizdan uch nafari yuqorilashga muvaffaq bo'lgan. Ikkinchi raketkamiz Polina Kudermetova 14, uchinchi raqamli tennis malikamiz Mariya Timofeeva 18, to'rtinchi raketkamiz Layma Vladson reytingda 22 pog'onaga ko'tarilib olgan. Birinchi raqamli vakilamiz Kamila Rahimova esa 3 o'ringa pastlab, ayni paytda dunyoning 76-raketkasi bo'lib turibdi. Qolgan to'rt tennischimiz ham reytingda pastlashdi. Vlada Yakshibarova 3, Milana Maslenkova 3, Sevil Yuldasheva 5, Diana Yakovleva esa 9 pog'onaga quyiga sho'ng'igan.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bir nechta o'zgarish kuzatildi. Polshalik Iga Svyontek uchinchi o'ringa ko'tarildi, amerikalik Koko Goff esa aksincha, to'rtinchi o'ringa tushdi. Rossiyalik Mirra Andreeva va italiyalik Jasmin Paolini ham o'zaro o'rin almashib olishdi. Ukrainalik Elina Svitolina 7-o'rindan 10-pog'onaga tushdi. Kanadalik iqtidor egasi Viktoriya Mboko bir o'ringa ko'tarildi. Belaruslik Arina Sobolenko hamon katta farq bilan reyting peshqadami bo'lib turibdi.
WTA reytingi. 4 may kungi holat:
1 (1). Arina Sobolenko (Belarus) - 10 110
2 (2). Elena Ribakina (Qozog'iston) - 8555
3. (4) Iga Svyontek (Polsha) - 6948
4. (3) Koko Goff (AQSH) - 6749
5. (5) Jessika Pegula (AQSH) - 6136
6. (6) Amanda Anisimova (AQSH) - 5995
7. (8) Mirra Andreeva (Rossiya) - 4181
8. (9) Jasmin Paolini (Italiya) - 3722
9. (10) Viktoriya Mboko (Kanada) - 3531
10. (7) Elina Svitolina (Ukraina) - 3530
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
73 (74). Kamilla Rahimova – 919
137 (139). Polina Kudermetova – 554
154 (153). Mariya Timofeeva – 495
778 (771). Layma Vladson – 43
1092 (1089). Vlada Yakshibarova – 15
1112 (1115). Milana Maslenkova – 14
1164 (1185). Sevil Yuldasheva – 12
1465 (1469). Diana Yakovleva – 3

Fikrlar