03 fev 19:31
Yangiliklar
WTA reytingi. Top-10 malikalar o'z joyida, etakchilarimiz esa hamon pastlamoqda
Yangilangan Top-10 reytingida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Tennis malikalari o'tgan haftadagi o'z o'rinlarini saqlab qolishdi. Reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko peshqadamlik qilyapti. Polshalik Iga Svyontek ikkinchi, amerikalik Koko Goff uchinchi o'rinni band etgan. Kecha Linc turnirida chempion bo'lgan rossiyalik Ekaterina Aleksandrova Top-25`ga qaytgan bo'lsa, eks vice-chempion Elena Ostapenko 9 pog'onaga pastlab, 35-o'ringa joylashdi.
Yangilangan reytingda to'rt tennischimizdan ikki nafari ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi. Birinchi raketkamiz Nigina Abduraimova 5, ikkinchi raqamli tennischimiz Vlada Yakshibarova 4 pog'onaga pastladi. Milana Maslenkova va Sabrina Olimjonova bir pog'onaga yuqorilashdi.
WTA reytingi. 3 fevral kungi holat:
1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 8956 ochko
2. (2) Iga Svyontek (Polsha) - 8770
3. (3) Koko Goff (AQSH) - 6538
4. (4) Jasmine Paolini (Italiya) - 5288
5. (5) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 4893
6. (6) Jessika Pegula (AQSH) - 4861
7. (7) Medison Kiz (AQSH) - 4680
8. (8) CHjen Cinven (Xitoy) - 4095
9. (9) Emma Navarro (AQSH) - 3709
10. (10) Paula Badosa (Ispaniya) - 3588
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
541 (536). Nigina Abduraimova – 88
924 (920). Vlada Yakshibarova – 24
1375 (1376). Milana Maslenkova – 4
1375 (1376). Sabrina Olimjonova – 4
Fikrlar