01 jan 12:04
Yangiliklar
WTA reytingi. Top-50 o'zgarishsiz, tennis malikalarimizdan faqat biri ko'tarildi
Yangilangan reytingda Rossiyadan mahalliylashtirilgan tennis malikalarimiz Kamilla Rahimova, Polina Kudermetova va Mariya Timofeeva bu safar ham o'tgan haftadagi o'rinlarini o'zgarishsiz saqlab qolishdi.
O'zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova 97, Polina Kudermetova 104, Mariya Timofeeva 143-o'rinni egallab turibdi. Bu hafta tennischilarimizdan birgina Sevil Yuldasheva ikki pog'onaga ko'tarilgan. Qolgan besh nafar tennischimiz reytingda pastlashdi. To'rtinchi raketkamiz Litvadan mahalliylashtirilgan Layma Vladson 1, Vlada Yakshibarova 2, Milana Maslenkova 2, Nigina Abduraimova 2, Diana Yakovleva 3 pog'onaga pastladi.
Dunyo tennischilarining Top-50`taligida ham bu hafta hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda. U 2025 yilni sayyoramizning birinchi raketkasi sifatida yakunladi. Ikkinchi o'rindan polshalik Iga Svyontek joy olgan bo'lsa, kuchli uchlikka amerikalik Koko Goff yakun yasagan.
WTA reytingi. 31 dekabr kungi holat:
1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 10870 ochko
2. (2) Iga SHvyontek (Polsha) - 8395
3. (3) Koko Goff (AQSH) - 6763
4. (4) Amanda Anisimova (AQSH) - 6287
5. (5) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 5850
6. (6) Jessika Pegula (AQSH) - 5583
7. (7) Medison Kiz (AQSH) - 4335
8. (8) Jasmin Paolini (Italiya) - 4325
9. (9) Mirra Andreeva (Rossiya) - 4319
10. (10) Ekaterina Aleksandrova (Rossiya) - 3375...
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
97 (97). Kamilla Rahimova – 802
104 (104). Polina Kudermetova – 759
143 (143). Mariya Timofeeva – 513
880 (879). Layma Vladson – 30
1070 (1068). Vlada Yakshibarova – 16
1194 (1192). Milana Maslenkova – 11
1272 (1274). Sevil Yuldasheva – 8
1322 (1320). Nigina Abduraimova – 7
1478 (1475). Diana Yakovleva – 3

Fikrlar