So’nggi yangiliklar

10:32Бугун юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатидаги иштирокини бошлайди (Жуфтликлар) 0 10:11"Номзодлар турнири". Синдаров тарихий натижа билан биринчи даврани якунлади 0 09:50Ҳиндистон Осиё чемпионатида яна Ўзбекистон ва Қозоғистонни ортда қолдирди 0 09:29Англия кубоги 1/2 финалига қуръа ташланди 0 09:08Хабиб ёки Ислам? Арман Царукян энг яхшисини айтди 0 08:47Деонтей Уайлдернинг иштаҳаси очилди 0 08:26Ўзбекистон ёки Қозоғистон? Қайси давлатдан 1/2 финалга кўпроқ боксчи етиб келди? 0 08:05Остон Ўруновнинг янги жамоаси маълум 0 07:44Бугун 4 нафар боксчимиз Осиё чемпионати финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0 07:23UFC ростеридаги энг ёш аёл жангчи промоушендаги илк ғалабасини қўлга киритди 0 07:02Upper Austria Ladies Linz. Иккинчи ракеткамиз муваффақиятли старт олди 0 23:59"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров муваффақиятли серияни давом эттирмоқда 0 18:44"Барселона" ярим ҳимоячисини йўқотди 0 18:23Допинг туфайли ғалабасидан айрилган ва камига четлатилган қозоғистонлик UFC жангчиси баёнот билан чиқди 0 18:02Шоҳасан Мирзаматов мухлисларга мурожаат билан чиқди (ВИДЕО) 0

07 jan 15:39
Yangiliklar

Tennis

WTA reytingi yangilandi. Birinchi raketkamiz 485-o'rinda!

Xalqaro ayol tennischilar Associaciyasi (WTA) professional ayol tennischilarning haftalik yangi reytingini elon qildi.

Yangilangan reytingning Top-10`taligida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Tennis malikalari o'tgan haftadagi o'rinlarini saqlab qolishdi. Belaruslik Arina Sobolenko hamon peshqadamlikni davom ettirmoqda. Arina yakuniga etgan hafta Brisbendagi turnirda bosh sovrinni qo'lga kiritgandi. Polshalik Iga Svyontek ikkinchi, amerikalik Kori Goff uchinchi o'rinni saqlab qoldi. 

Bu hafta uchun mo'ljallangan reytingda to'rt tennischimizdan uch nafari oz bo'lsa-da ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi. Birinchi raqamli tennis malikamiz Nigina Abduraimova 2 pog'ona yuqorilab, ayni paytda 485-o'rindan joy olgan. Nigina o'tgan yilning sentyabridan keyin ilk bor o'tgan hafta Tailanddagi turnirda kortga qaytdi, lekin saralashdayoq mag'lubiyatga uchradi. Ikkinchi raketkamiz Vlada Yakshibarova bir pog'onaga pastladi. Milana Maslenkova va Sabrina Olimjonova esa aksincha bir o'ringa ko'tarilishdi - 1374!


WTA reytingi. 6 yanvar kungi holat:

1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 9656 ochko

2. (2) Iga Svyontek (Polsha) - 8120

3. (3) Koko Goff (AQSH) - 6888

4. (4) Jasmine Paolini (Italiya) - 5399

5. (5) CHjen Cinven (Xitoy) - 5325

6. (6) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 4821

7. (7) Jessika Pegula (AQsh) - 4671

8. (8) Emma Navarro (AQSH) - 3551

9. (9) Darya Kasatkina (Rossiya) - 3368

10. (10) Barbora Kreychikova (CHexiya) - 3214...


O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:

485 (487). Nigina Abduraimova – 107

930 (929). Vlada Yakshibarova – 24

1374 (1375). Milana Maslenkova – 4

1374 (1375). Sabrina Olimjonova – 4

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing