17 dek 13:53
Yangiliklar
WTA reytingi yangilandi. Endi Top-100`talikda ham o'z tennischimiz bor
Yangilangan reytingda nihoyat Rossiyadan mahalliylashtirilgan tennis malikalarimiz Kamilla Rahimova, Polina Kudermetova O'zbekiston vakilalari sifatida ko'rsatilgan. Kamilla Rahimova WTA reytingida 97-o'rin bilan O'zbekistonning birinchi raketkasiga aylandi. Polina Kudermetova 104, Mariya Timofeeva 143-o'rinni egallab turibdi. To'rtinchi raketkamiz ham Litvadan mahalliylashtirilgan Layma Vladson - u reytingning 881-pog'onasida bormoqda. Yangi reytingda tennis malikalarimiz soni 9 nafarni tashkil etmoqda.
Qolgan tennischilarimizga to'xtaladigan bo'lsak, Vlada Yakshibarova 2 pog'onaga ko'tarilgan. Milana Maslenkova va Nigina Abduraimova o'tgan haftadagi o'rinlarini saqlab qolishdi. Sevil Yuldasheva 2, Diana Yakovleva esa 5 pog'onaga pastlagan.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida ham bu hafta hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda. U 2025 yilni sayyoramizning birinchi raketkasi sifatida yakunlaydi. Ikkinchi o'rindan polshalik Iga Svyontek joy olgan bo'lsa, kuchli uchlikka amerikalik Koko Goff yakun yasagan.
WTA reytingi. 17 dekabr kungi holat:
1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 10870 ochko
2. (2) Iga Svyontek (Polsha) - 8395
3. (3) Koko Goff (AQSH) - 6763
4. (4) Amanda Anisimova (AQSH) - 6287
5. (5) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 5850
6. (6) Jessika Pegula (AQSH) - 5583
7. (7) Medison Kiz (AQSH) - 4335
8. (8) Jasmin Paolini (Italiya) - 4325
9. (9) Mirra Andreeva (Rossiya) - 4319
10. (10) Ekaterina Aleksandrova (Rossiya) - 3375...
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
97 (97). Kamilla Rahimova – 802
104 (104). Polina Kudermetova – 759
143 (142). Mariya Timofeeva – 513
881 (879). Layma Vladson – 30
1071 (1073). Vlada Yakshibarova – 16
1197 (1197). Milana Maslenkova – 11
1278 (1276). Sevil Yuldasheva – 8
1322 (1322). Nigina Abduraimova – 7
1478 (1473). Diana Yakovleva – 3

Fikrlar